Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ibrohim Raisiy — Eronning yangi prezidenti

Ibrohim Raisiy — Eronning yangi prezidenti

Foto: IRNA

Kecha, 18-iyun kuni Eronda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tgani xabari berilgandi. «RIA Novosti» bugun tarqatgan xabarda Eron sud hokimiyati rahbari Ibrohim Raisiy ushbu saylovlarda g‘olib chiqqani aytiladi.

«Ibrohim Raisiy 17 926 345 ovoz to‘plab, Eron prezidenti va ijroiya hokimiyati rahbari bo‘ldi», — deya e’lon qildi Eron ichki ishlar vaziri Abdulrizo Rahmoniy Fazliy televideniye orqali qilgan bayonotida.

Fazliyga ko‘ra, mamlakatda ovoz berish huquqiga ega 59 310 307 fuqaroning 28 933 004 nafari, ya’ni 48,8 foizi saylovlarda qatnashgan. Bundan oldingi 12 ta saylovda ovoz beruvchilarning qatnashishi hech qachon 50 foizdan kam bo‘lmagandi.

Eronlik saylovchilarning 3 412 712 nafari Muhsin Rizoiyga, 2 427 201 nafari Abdulnosir Himmatiyga, 992 718 nafari Husayn G‘ozizoda Hoshimiyga ovoz berishgan. 3 726 870 ta ovoz haqiqiy emas deb topilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring