Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIBB jurnalist ishtirokidagi janjal bo‘yicha bayonot berdi

IIBB jurnalist ishtirokidagi janjal bo‘yicha bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda MY-5 telekanali jurnalisti Nozimjon Teshayevni noma’lum shaxs haqorat qilgani aks etgan video tarqalgan va turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur holat yuzasidan IIBB bayonot berdi. 

Joriy yilning 3-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Osiyo ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining oldida 1993-yilda tug‘ilgan M.Ya. jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan N.Teshayev bilan og‘zaki janjallashib, jamoat tartibini buzgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi kodeksining 183-moddasi («Mayda bezorilik») bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etiladi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring