Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iqtisodiy sudlar: tadbirkorlar foydasiga 1 trln. so‘mdan ko‘proq mablag‘ undirildi

Iqtisodiy sudlar: tadbirkorlar foydasiga 1 trln. so‘mdan ko‘proq mablag‘ undirildi

Foto: «Xabar.uz»

2018-yil mobaynida iqtisodiy sudlar tomonidan 403 344 ta ish ko‘rib chiqilib, hal etildi. Shundan da’vogarlar foydasiga 12,6 trln. so‘m undirish haqida sud qarorlari qabul qilingan. Ko‘rilgan ishlar soni 2017-yilga nisbatan 16 foizga oshgan. Bu haqda «Xabar.uz»ga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov ma’lum qildi.

Rasmiy vakilning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan davrda eng ko‘p ishlar Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Taraflarga qulayliklar yaratish hamda sud ta’sirchanligini oshirish maqsadida nizo tartibida ko‘rilgan ishlarning salmoqli qismi, ya’ni 264 087 tasi bevosita joylarda, ya’ni sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, 3 195  ish videokonferensaloqa rejimida ko‘rilgani natijada taraflarning 1,9 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘i tejalishiga sabab bo‘lindi.

Ta’kidlanishicha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy himoya qilishga oid 42 478 ta iqtisodiy ish ko‘rib chiqildi hamda ular foydasiga 1 trln. so‘m miqdorida mablag‘ undirib berildi.

Ko‘rilgan ishlarning asosiy qismini mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, kredit, oldi-sotdi va haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha ishlar tashkil etdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 368 ta shikoyat va protestlar ko‘rib chiqildi. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 224 ta qaror bekor qilingan bo‘lsa, yana 66 ta sud qarorlari o‘zgartirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring