Husiylar Saudiyaga hujumlar borasida jiddiy ogohlantirdi
Husiylar vakili Yahyo Sari yo‘lovchilarni Saudiya Arabistonidagi aeroportlardan qochishga chaqirdi, chunki ular havo hujumlariga duchor bo‘lishi mumkin.
«Bizning qurolli kuchlarimiz yana bir bor aviakompaniyalar, mutaxassislar, ishchilar va yo‘lovchilarni ogohlantiradi: Saudiya Arabistonidagi aeroportlardan uzoqroq turing, chunki havo hujumlariga duchor bo‘lishingiz mumkin. Bizning kuchlarimiz ushbu aeroportlarni ehtimoliy nishonlar deb hisoblaydi», deb yozdi u X ijtimoiy media platformasida.
Sari husiylar musulmonlarning muqaddas shaharlari Makka va Madinadagi aeroportlarni nishonga olmasligini ta’kidladi.
Avvalgi xabarlarda Yamanda joylashgan husiylar Ar-Riyoddagi aeroportga havo hujumi uyushtirgani, 12 kishi halok bo‘lgani va 300 dan ortiq odam yaralangani aytilgan edi. O‘zbekiston mazkur hujumni qoraladi.
Saudiya Arabistoni Yamanda husiylarga qarshi xalqaro miqyosda tan olingan Yaman hukumati tomonida janglarda ishtirok etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter