Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreya va Germaniyaga ketishni «hal qilib beruvchi ucharlar» ushlandi

Janubiy Koreya va Germaniyaga ketishni «hal qilib beruvchi ucharlar» ushlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro A.J. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Janubiy Koreya davlatiga o‘qishga yuborish hamda viza hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Tuproqqal’a tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. fuqaro B.Dni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 2 000 AQSh dollari evaziga Germaniya davlatiga ishga yuborishini aytib, shundan 500 AQSh dollari va 2,6 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring