Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2022: Qatarga yo‘llanma olgan ilk milliy jamoa ma’lum bo‘ldi

JCh-2022: Qatarga yo‘llanma olgan ilk milliy jamoa ma’lum bo‘ldi

Foto: «Football-fun»

Germaniya milliy jamoasi safarda Shimoliy Makedoniyani tor-mor etdi — 0:4. Natijada nemis futbolchilari Qatarda 2022-yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati finaliga birinchi bo‘lib yo‘llanma olishdi.

Nemislarning «gol urmas» hujumchisi Timo Verner g‘alabaga eng ko‘p hissa qo‘shdi: 70 va 73-daqiqalarda dublni rasmiylashtirdi. Kay Xavers (50-daqiqa) va Jamol Musiala (83-daqiqa) hisobida bittadan gol bor.

21 ochko to‘plagan Germaniya terma jamoasi «J» guruhida birinchi o‘rinda ketmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring