Jerar Depardyeni Shimoliy Koreyada ko‘rib qolishdi (video)
Fransiyalik mashhur aktyor Jerar Depardyeni Shimoliy Koreyadagi mehmonxonalardan birida ko‘rib qolishdi, deb xabar qiladi «Korrespondent.net».
Aktyor Pxenyandagi Yangakto xalqaro mehmonxonasiga tashrif buyurgan. OAVning yozishicha, aktyor xafa ko‘ringan va jurnalistlar bilan gaplashishdan bosh tortgan.
Depardyening Shimoliy Koreyaga tashrifi sababi noma’lum, ammo aytilishicha, 9 sentyabr kuni KXDRning tashkil topganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan Shimoliy Koreyada bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi. Bayramga ko‘plab mashhur kishilar taklif qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter