Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lotereyasiga 76,3 million chiqqan britaniyalik ishdan bo‘shadi

Lotereyasiga 76,3 million chiqqan britaniyalik ishdan bo‘shadi

Foto: «EuroMillions lottery»

Angliyalik 51 yoshli Endryu Klark lotereyadan jek-pot yutib oldi — 76,3 million funt sterling! Bu haqda «Mirror» yozmoqda.

Voqeaning qiziq jihati shuki, Endryu lotereyani sotib olishga olib, uni unutib yuborgan ekan. Lotereya o‘ynalganidan so‘ng oradan bir oy o‘tib, jiyanining qistovi bilan mashinasining g‘aladonida yotgan chiptani tekshirib qarasa — yutuqli bo‘libdi...

Shu tariqa Endryu Klark Britaniya lotereyalari tarixidagi kattaligi bo‘yicha 12-yutuq sohibiga aylandi. Agar u yana besh oygacha lotereya tashkilotchilariga murojaat qilmaganida pullar xayriya xayriyaga ketardi. Multimillionerga aylangan Klark birinchi navbatda ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozdi, u endi sayohatga chiqishni mo‘ljallayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring