Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablarda o‘qish boshlanishi vaqti va talablari ma’lum qilindi

Maktablarda o‘qish boshlanishi vaqti va talablari ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

Respublikada karantin talablarini qisqartirish maqsadida davlat rahbari tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga muvofiq Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

Unga ko‘ra, 2020-yil 5-sentyabrdan boshlab:

Ota-onalarning fikrlari va mahalliy deputatlar kengashlari takliflariga muvofiq sentyabr oyidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarining an’anaviy va masofaviy shakldagi faoliyatiga ruxsat berildi.

Bunda ushbu ob’yektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etishi talab etiladi:

➖xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ning sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish), tana harorati 37 С va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ni mashg‘ulotlar chetlatish;

➖xodimlar tibbiy niqobdan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;

➖sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring