Mirziyoyev: «Muammolar haqida Toshkentda o‘tirib hisobotlarni o‘qib bilish boshqa, odamlarning ko‘zidan bilish boshqa»

Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2018 yilning 19—20-yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga borgani haqida xabar bergan edik.
19-yanvar kuni xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Manbamizning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tgan sessiyada O‘zbekiston rahbari so‘zga chiqib, hududlardagi vakillardan maqtovlardan qochib, muammolar haqida ma’lumot berishni so‘ragan.
«Qabul qilinayotgan qarorlar joylarda qanday bajarilayapti? Nima masalalar borki, yana yechilishi talab qiladigan? Odamlarni nima qiynayapti degan masala, albatta, (bu haqdagi hisobotlarni — tahririyat) Toshkentda o‘tirib o‘qish boshqa, odamlarning ko‘zini ko‘rib bilish boshqacha. Nima uchun bu yerda selektor bo‘layapti? Men juda iltimos qilaman, har bir tumandan muammolarni aytsak. Bunday uchrashuvlar nima uchun kerak? Ertangi hayotimiznini yengillashtirish uchun, odamlarning muammosini hal qilish uchun», — deya ta’kidlagan O‘zbekiston Prezidenti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter