Mutaxassislar sigaret chekishni to‘xtatishga yordam beradigan usullarni muhokama qilishdi
19 aprel kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida tamaki iste’mol qilishning salbiy ta’sirini kamaytirishning zamonaviy tendensiyalariga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir dunyoning yetakchi mamlakatlari mutaxassislari tomonidan olib borilgan tajriba va so‘nggi ilmiy kashfiyotlar bilan o‘rtoqlashish maqsadida tashkil etildi.
«Odamlar chekishni tashlashni xohlamaydilar, chunki ular buni kasallik deb hisoblashmaydi. Kashandalar buni shunchaki zararli odat deb bilishadi, shuning uchun ularning turmush tarzini o‘zgartirish kerak. Fikrimcha, iste’mol tovarlarini tartibga solish lozim: masalan, yosh cheklovlarini joriy qilish kerak», – deya tushuntirdi konferensiya ma’ruzachilaridan biri doktor Konstantino Farsalinos.
Tholos Fondi va «Amerikaliklar soliq islohoti uchun» tashkilotining iste’molchilar bilan ishlash bo‘yicha direktori Tim Endryus tamakining salbiy ta’sirini kamaytirishni qo‘llab-quvvatlagan va ushbu pozitsiyani tan olgan davlatlarda (Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya) chekish darajasi pasayganini ta’kidladi. Bu davlatlar o‘z fuqarolariga hayotlarini yaxshilash uchun tanlov berdilar.
«Sigaretga muqobil hisoblangan variantlar bo‘lmasa oxir-oqibat ushbu mamlakatlarda xavfli, litsenziyasiz nikotin mahsulotlari olib kiradigan kontrabandachilar soni ko‘payishi mumkin. Odamlar esa shunchaki sigaret chekishni davom ettiraverishadi», - deya xulosa qildi Tim Endryus.
Nikotin mahsulotlaridan zarar darajasini o‘rganish bir necha yillardan beri davom etib kelmoqda. Konferensiya shifokorlar uchun aniq va ishonchli natijalarni taqdim etishda muhim o‘rin tutadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter