Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda sof quyma oltin sotib olgan shaxs ushlandi

Navoiyda sof quyma oltin sotib olgan shaxs ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro S.N. sof quyma oltinni o‘tkazish maqsadida, fuqaro R.dan 548 gramm sof qo‘yma oltinni 328,5 mln so‘mga, fuqaro B.dan 1,7 kg sof quyma oltinni 1,7 mlrd so‘mga xarid qilib, Navoiy-Samarqand yo‘nalishida «Nexia-2» rusumli avtotransport vositasida harakatlanib kelayotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir yakunida undan jami 2,3 kg sof quyma oltin parchalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring