Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nobel mukofoti-2022: ilk laureat e’lon qilindi

Nobel mukofoti-2022: ilk laureat e’lon qilindi

Foto: Nobelprize.org

2022-yilgi Nobel mukofoti tibbiyot va fiziologiya yo‘nalishida shved biologi Svante Paaboga topshiriladi. Nobel qo‘mitasi saytida bu yilgi mukofot egalarining nomlari berib borilyapti.

Evolyusion genetika bo‘yicha mutaxassis, 67 yoshli Paabo «inson evolyusiyasi hamda qirilib ketgan gominidlar genomlari sohasidagi kashfiyotlari» uchun mukofotlanadi. Nobel qo‘mitasi saytida ma’lumot berilishicha, olim neandertallarning DNK zanjirini o‘qiy olgan, qolaversa, Oltoydagi Denisov g‘orida topilgan toshga aylangan gominid (Denisov odami) ilgari fanga noma’lum bo‘lganini isbotlagan.

Svante Paabo genetika yordamida gominidlar va qadimgi odamlarni o‘rganuvchi fan — paleogenetika asoschilaridan biri hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring