Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nurafshon shahriga yangi hokim tayinlandi

Nurafshon shahriga yangi hokim tayinlandi

Foto: «Toshvil.uz»

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakili ham qatnashmoqda. Uning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tayotgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Rahimov Usmon Ismoilovich Nurafshon shahrining hokimi etib tayinlangan. U bungacha viloyat hokimining kapital sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring