Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar COVID-19 ni tez davolash usulini ma’lum qilishdi: endi uyda ham davolanish mumkin

Olimlar COVID-19 ni tez davolash usulini ma’lum qilishdi: endi uyda ham davolanish mumkin

Foto: «Imag.one»

Astma ingalyatoridan foydalanish COVID-19 dan tuzalish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishi mumkin. Bu haqda Oksford universiteti olimlariga asoslanib Telegraph xabar bermoqda.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, astma va surunkali obstruktiv o‘pka kasalligini davolashda ishlatiladigan budesonid koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga yordam beradi.

Oksford universiteti olimlarining ta’kidlashicha, ingalyator COVID-19 kasalining sog‘ayish vaqtini o‘rtacha uch kunga qisqartirishi mumkin.

«Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan ushbu davolash usulini sinab ko‘rish natijalarini kuzatishda davom etadi va agar kerak bo‘lsa tavsiyalarga tuzatish kiritadi», — dedi vazir o‘rinbosari Jo Cherchill.

Britaniyalik shifokorlar ushbu dori-darmonlarni alohida-alohida ishlatishni rejalashtirmoqdalar. Mutaxassislar, shuningdek, budesoniddan koronavirusga qarshi kurashda va uyda foydalanish mumkinligini ta’kidladilar.

Tadqiqot ishtirokchilaridan biri, professor Richard Xobbs bu kashfiyotni «pandemiya uchun muhim bosqich» ekanligini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring