Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sud raisining o‘rinbosari yangi lavozimga tayinlanishi aytilmoqda

Oliy sud raisining o‘rinbosari yangi lavozimga tayinlanishi  aytilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Halilillo To‘raxo‘jayev boshqa ishga o‘tishi kutilmoqda.

Bu haqda «Yuristkadr» kanali «ishonchli manbalariga tayanib» xabar berdi. Unga ko‘ra,  u  Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi sifatida ish boshlaydi.

H.To‘raxo‘jayev  Oliy sud rais o‘rinbosarligiga 2021-yilning yanvar oyida Oliy Majlis Senati tomonidan saylangandi.  Bungacha uzoq yillar sud tizimida faoliyat ko‘rsatgan, shuningdek, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari, Davlat xizmatlari agentligi direktori, Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Kadastr agentligi direktori lavozimida ishlagan. Aynan Kadastr agentligi direktori lavozimida nisbatan qisqa faoliyati davomida tizimda keskin tozalashlar amalga oshirgani bilan tilga tushgandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi huquq sohasiga ixtisoslashgan kanal faollari kutilayotgan tayinlovga «sud tizimi uchun katta yo‘qotish» deya munosabat bildirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring