Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ortiqcha vaznli bolalar matematikani yomonroq o‘zlashtirishadi — tadqiqot

Ortiqcha vaznli bolalar matematikani yomonroq o‘zlashtirishadi — tadqiqot

Foto: RIA Novosti

Vazni me’yordan ortiq yoki semizlikka chalingan bolalarning matematika bo‘yicha baholari vazni me’yorda bo‘lgan tengdoshlariga qaraganda pastroq ekani aniqlandi. RIA Novosti yozishicha, 1,5 ming nafar o‘rta maktab o‘quvchilarining ma’lumotlarini o‘rgangan mutaxassislar shunday xulosaga kelishdi.

Rossiya FA «Hayot haqidagi fanlar» ilmiy kengashi yig‘ilishida taqdim etilgan tadqiqot ko‘rsatishicha, ortiqcha vaznli bolalarda ichak va miya o‘rtasidagi bog‘liqlik boshidanoq noto‘g‘ri shakllangan. Shu bilan birga, to‘yib ovqatlanmaydigan bolalarda bunday ta’sirlar kamroq namoyon bo‘ladi, dedi Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining profilaktik tibbiyot bo‘yicha bosh bolalar mutaxassisi, Pediatrlar ittifoqi prezidenti Leyla Namazova-Baranova.

Olimlar, shuningdek, miya morfometriyasini tahlil qilib, ortiqcha vaznli bolalarda oq modda hajmi kulrang modda hisobiga sezilarli darajada oshganini qayd etishdi. «Bu, albatta, mutlaqo boshqa muammo», — deya xulosa qildi ekspert.

Namazova-Baranovaning so‘zlariga ko‘ra, olingan ma’lumotlar o‘sib kelayotgan avlod sog‘lig‘ining holati kelajakda mamlakatning intellektual salohiyatiga ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring