Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tgan yili O‘zbekistonga qaysi davlatdan eng ko‘p sayyoh kelgani ma’lum bo‘ldi

O‘tgan yili O‘zbekistonga qaysi davlatdan eng ko‘p sayyoh kelgani ma’lum bo‘ldi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 1,5 million kishini tashkil etdi. 2019-yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 77,7 foizga kamaydi.

Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotida qayd etilgan. 

2020-yilda O‘zbekistonning 2 million fuqarosi sayyohlik maqsadida mamlakatni tark etdi, bu 2019 yilga nisbatan 76,3 foizga past.

O‘zbekistonga kelgan chet elliklarning eng katta oqimi quyidagi davlatlardan qayd etildi:

- Qirg‘iziston - 508 ming kishi (barcha kelganlarning umumiy sonidan 33,8%),
- Qozog‘iston - 424,1 ming kishi (28,2%),
- Tojikiston - 337,5 ming kishi (22,4%),
- Rossiya - 81,6 ming kishi (5,4%),
- Turkmaniston - 60,6 ming kishi (4%),
- Ozarbayjon - 2,2 ming kishi (0,1%) va
- Belorusiya - 1,6 ming kishi (0,1%)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring