O‘zbekiston KXDRni kichik hisobda yengdi
Bugun, 5-sentyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston va Shimoliy Koreya termalari o‘zaro maydonga tushdi.
O‘yin JCh-2026 saralashining so‘nggi bosqichi 1-turi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Jaloliddin Masharipov hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi. Darvozabon O‘tkir Yusupov 40-daqiqada penaltini qaytarishni uddaladi.
Ikkinchi bo‘limda har ikkala termada ham imkoniyatlar bo‘ldi. Lekin 1:0 hisobi o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter