O‘zbekiston TIV Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
«Biz Ukrainadagi barcha do‘stlarimizni Mustaqillik kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz», – deyiladi unda.
Ukraina tarafi o‘z navbatida bunga tashakkur bildirgan.
Ukraina Mustaqillik kuni - zamonaviy Ukrainada davlat bayrami bo‘lib, 1991-yil Mustaqillik Deklaratsiyasini nishonlash munosabati bilan 24-avgust kuni nishonlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter