O‘zbekistonda 390 898 ta tadbirkorlik sub’yekti faoliyat ko‘rsatmoqda — statistika
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024-yil 1-iyul holatiga 390 898 ta tadbirkorlik sub’yekti (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:
- savdo sohasida — 148 714 ta
- sanoat sohasida — 62 153 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida — 32 547 ta
- qurilish sohasida — 29 770 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 27 673 ta
- tashish va saqlash sohasida — 16 387 ta
- axborot va aloqa sohasida — 9 716 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida — 9 445 ta
- boshqa sohalarda — 54 493 ta
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter