O‘zbekistondagi eng qimmat avtoraqam Toshkentda sotildi
Toshkentda chiroyli avtoraqam auksionda 441,5 mln so‘mga sotildi. Bu shu vaqtgacha O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat raqam bo‘ldi.
2021-yilning dastlabki uch oyida o‘zbekistonliklar chiroyli avtoraqamlar sotib olish uchun 62 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. Bu chiroyli avtoraqamlar sotuvga chiqarila boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 2018-yilning birinchi choragida 12,1 milliard so‘m, 2019-yilda 36,2 milliard so‘m, 2020-yilda 43,2 milliard so‘m bo‘lgan edi.
Bundan tashqari, bitta raqamning narxi bo‘yicha ham yangi rekord o‘rnatildi. Toshkent shahriga tegishli bo‘lgan raqam auksionda 441,5 million so‘mga sotilgan.
Ushbu raqam tarkibida 777 soni borligi aniq, qolgan son va belgilari oshkor qilinmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter