Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 20 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 20 mingdan oshdi

2020-yil 7-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29 057 (+248) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 197 nafari Toshkent shahrida, 23 nafari Toshkent viloyatida, 15 nafari Xorazm viloyatida hamda 13 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Qibray tumanida yashagan 69 yoshli S.B. (erkak) hamda Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 71 yoshli N.I. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 286 nafar, Toshkent viloyatida 164 nafar, Andijon viloyatida 20 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar, jami 472 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 20 059 (+472) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 817 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring