Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi to‘g‘risidagi kelishuvni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin

O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi to‘g‘risidagi kelishuvni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin

Hozirgi kunda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar natijasida ularning soni kun sayin emas, soat sayin ortib bormoqda. Tabiiyki, tadbirkorlarning to‘laqonli va sifatli faoliyat yuritishida bir qator shart-sharoitlar, infratuzilma, shuningdek, ba’zi hollarda servitut huquqi ham kerak bo‘lmoqda.

Cyervitut huquqi o‘zi nima?

Cyervitut – bu yer egasining muayyan hollarda qo‘shniga tegishli yerdan cheklangan tarzda foydalanishni talab qilish huquqidir.

Bilamizki, tadbirkorlik sub’yektlari uchun har bir daqiqa qadrli. Shu maqsadda, YaIDXP (my.gov.uz)da yangi davlat xizmati – o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘liq avtomatlashgan holda ishga tushirildi.

Servitut to‘g‘risidagi kelishuv davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot foydalanuvchilarga 1 ish kuni davomida taqdim qilinadi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun BHMning 1,25 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Albatta, ushbu xizmatdan YaIDXP (my.gov.uz) orqali foydalansangiz, 10 foiz miqdorida chegirmaga ega bo‘lasiz.

O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi havolaga o‘ting: https://my.gov.uz/uz/service/217

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring