Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zgidromet xulosasi bilan «Qamchiq»da harakat tiklandi

O‘zgidromet xulosasi bilan «Qamchiq»da harakat tiklandi

«Qamchiq» dovonida avtotransport vositalarining harakati tiklandi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Avvalroq bugun, 28 noyabr kuni «Qamchiq» dovonida qor ko‘chkisi xavfi bo‘lganligi sababli FVV va IIV tomonidan avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida bir qator xizmatlarning maxsus texnikalari yordamida yo‘llar qordan tozalanib,  muzlamalarning oldini olish uchun qum-tuz aralashmasi sepildi.

O‘zgidromet xulosasiga ko‘ra, 2020-yil 28-noyabr soat 11:30dan boshlab «Qamchiq» dovoni orqali avtotransport vositalarining harakati qayta tiklandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring