Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident farmoni bilan qator xorijliklar taqdirlandi

Prezident farmoni bilan qator xorijliklar taqdirlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan bir guruh chet el investorlarini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni bilan bir qator xorijliklar «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Ro‘yxat quyidagicha:

Gurjiy Stepan Leonidovich - Rossiya Federatsiyasi «Lukoyl» aksiyadorlik jamiyatining Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha vitse-prezidenti

Muxammad Abunayyan - Saudiya Arabistoni Podshohligi «ACWA Power» kompaniyasi  boshqaruvi raisi

Muxammad Jamil Al-Ramaxiy  - Birlashgan Arab Amirliklari «Masdar» kompaniyasi bosh ijrochi direktori

Jemil Kazanji - Turkiya Respublikasi «Aksa Energy» kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi

Mexmet Jengiz - Turkiya Respublikasi «Cengiz Holding» kompaniyasi asoschisi

Shandor Chani - Vengriya Respublikasining «OTP Bank» boshqaruvi raisi

Seyfollax Gasemi - Amerika Qo‘shma Shtatlarining «Air Products» kompaniyasi boshqaruvi raisi

Peris Muratoglu - Fransiya Respublikasining «Total Eren» kompaniyasi boshqaruvi raisi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring