Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident raisligida yig‘ilish boshlandi

Prezident raisligida yig‘ilish boshlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident raisligida tovar-xom ashyo birjasida savdolarni ko‘paytirish, mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha yig‘ilish boshlandi.

«Birja samarali ishlamasa, bozor munosabatlari ham bo‘lmaydi. Birja savdolari erkin raqobatni shakllantiradi, tadbirkorlarga yangi bozorlarni ochadi, “yashirin iqtisodiyot” va korrupsiyani keskin kamaytiradi», dedi davlat rahbari.

Islohotlar natijasida:

  • so‘nggi uch yilda birja savdo aylanmasi 2 baravarga o‘sib, 90 trillion so‘mga yetdi, sotiladigan tovarlar soni 3 baravarga ko‘paydi (200 tadan 627 taga yetdi);
  • xorijiy davlatlarda birjaning 20 ta savdo maydonchalari tashkil etilib, joriy yilning 4 oyida 170 million dollarlik mahsulot sotildi;
  • o‘tgan yili 1 ming 274 ta xorijiy kompaniya O‘zbekiston birjasiga katta hajmlarda mahsulot qo‘yishni boshladi.

«Mana natija. Lekin bu imkoniyatlarimizning o‘ndan biri ham emas», — dedi Prezident hamda Tashqi savdo, Tashqi ishlar vazirliklariga xorijdagi barcha elchixonalarni jalb qilib, bunday savdo maydonchalarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring