Prezident Shavkat Mirziyoyev: «Go‘sht narxi aslida 250 ming bo‘lishi kerak. Narxni ushlab turibmiz»
Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakili ham qatnashyapti. Uning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tayotgan sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatda go‘sht tanqisligi masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan. «Hozirgi devalvatsiya sharoitida 1 kg. go‘shtning narxi aslida 250 ming bo‘lishi kerak. Hozir amallab narxni ushlab turibmiz», — deb aytgan O‘zbekiston rahbari.
Prezidentning ma’lum qilishicha, viloyatning Quyichirchiq tumanida yiliga 12 ming tonnalik baliqchilik xo‘jaligi barpo etiladi. Bu orqali qaysidir darajada go‘sht narxi ushlab turiladi.
Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter