Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident xalqaro shartnomani tasdiqladi

Prezident xalqaro shartnomani tasdiqladi

Foto: Turkic World

«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Hukumati bilan Qozog‘iston Hukumati o‘rtasida 2006-yil 20-martda imzolangan xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma tasdiqlandi.

Bitim 2024-yil 8-avgust kuni Ostona shahrida imzolangan.

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring