Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Yakkabog‘ tumanidagi «Darmon sharbati» korxonasi ish jarayoni bilan tanishdi

Prezident Yakkabog‘ tumanidagi «Darmon sharbati» korxonasi ish jarayoni bilan tanishdi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrida Birinchi Prezident Islom Karimovning haykali ochilishi munosabati bilan va joylarda olib borilayotgan islohotlarni ko‘zdan kechirish uchun Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.

Prezidentimiz Yakkabog‘ tumanidagi «Darmon farm» xususiy korxonasiga qarashli «Darmon sharbati» meva-sabzavotni qayta ishlash va qadoqlash korxonasi ish jarayoni bilan tanishdi. 2017-yil avgust oyida ishga tushirilgan bu korxona kuniga 12 tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy, energiya tejamkor uskunalar bir kecha-kunduzda 20 tonnagacha meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatiga ega. Asosan olma, oshqovoq va sabzi sharbati tayyorlanib, ichki bozorga chiqarilmoqda. Kelgusida uzum, anor  va boshqa qator sabzavot mahsulotlarini ham qayta ishlab, sharbat tayyorlash ko‘zda  tutilgan.

Bu yerda joriy qilingan zamonaviy texnologiyalar samarali ish jarayoni va yuqori sifatli mahsulot tayyorlashni ta’minlamoqda. Meva-sabzavotlarning tabiiy xususiyatlari saqlab qolingan  tayyor mahsulot 1,5 va 3 litrli maxsus idishlar – akseptik paketlarga qadoqlanadi.  Korxona xodimlari kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlardir. Ularga zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishda xorijlik mutaxassislar saboq bergan.

Korxonada tayyorlanayotgan  tabiiy sharbatlar chet ellik xaridorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring