Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qabr ostonasida «jonlangan» go‘dak

Qabr ostonasida «jonlangan» go‘dak

Foto: «Lenta.ru»

Bangladesh poytaxti Dakka shahrida o‘ldiga chiqarilgan chaqaloq dafn etishdan bir necha daqiqa oldin «jonlandi». Bu haqda «The Daily Star» xabar berdi.

16-oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 4:45 larda tibbiyot kolleji qoshidagi klinika shifokori vaqtidan oldin tug‘ilgan qizaloq dunyoga kelgandan so‘ng bir necha daqiqa o‘tgach vafot etganini qayd etib qo‘ygan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 27 yoshli Shaxinur Akter homiladorlikning 6,5 oyligida ko‘zi yorigan.

Shifoxona xodimlari «o‘lik» go‘dakni qo‘lqoplardan bo‘shagan qutiga solib, Shaxinurning turmush o‘rtog‘i Yeasin Mollga tutqazib, uni Azimpurdagi qabristonga dafn etib kelishni so‘raydi. Ota farzandini qabristonga olib boradi. Lekin u yerdagilar bolani arzonroq qabristonga ko‘mishni taklif etishadi.

Yeasin boshqa qabristonga yetib borgach, dafn etish haqida kelishadi. Go‘rkov qabrni qazib bo‘lgach, go‘dakni dafn etishga hozirlik ko‘rishayotganida kutilmaganda quti qimirlay boshlaydi.

«Men qutini ochib, qizalog‘imning tirik ekanligini ko‘rdim. Bolam qimirlab, og‘zini ochdi», — dedi Moll. U go‘dakni olib, shifoxonaga qaytib bordi.

Navbatchi shifokor va hamshira dastlab bo‘sh joy yo‘qligini ro‘kach qilib, uni qabul qilishdan bosh tortishdi. Lekin Moll xususiy klinikaga yotqizishga puli yo‘qligini, ustiga-ustak, shifokorlar yo‘l qo‘ygan xatosini tuzatishi zarurligini aytib oyoq tirab turib oladi.

Oxir-oqibat, qizchani shifoxonaga yotqizishdi, u o‘zini yaxshi his qilmoqda. Klinika rahbariyati yuz bergan hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazishini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring