O‘zbekistonliklar 2027-yil iyuldan Qozog‘istonga elektron ruxsatnoma bilan kiradi
Qozog‘istonda 2027-yil 1-iyuldan boshlab elektron kirish ruxsatnomalari talab etiladi. Bu haqda mamlakat ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Qarorda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Qozog‘iston bilan ikki tomonlama vizasiz sayohat shartnomalari tuzilgan mamlakatlar fuqarolari elektron ruxsatnoma olishlari shartligi aytilgan. Ular orasida O‘zbekiston ham bor. Elektron ruxsatnomani joriy etish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va hujjat 180 kalendar kuni davomida amal qiladi.
Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tishning yangi talabi YeOII mamlakatlari va Ostona bilan vizasiz sayohat shartnomalari tuzgan mamlakatlar fuqarolariga, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, AQSh, Janubiy Koreya, Hindiston, Eron, Avstraliya, Yaponiya va Turkiya kabi boshqa bir qator mamlakatlar fuqarolariga nisbatan qo‘llaniladi.
Tizim bosqichma-bosqich joriy etiladi:
-2026-yil 1-noyabr — Aqtau aeroporti va to‘rtta avtomobil o‘tkazish punktida;
- 2027-yil 1-yanvar — Ostona va Olmaota aeroportlarida;
- 2027-yil 1-mart — qolgan barcha o‘tkazish punktlarida.
Istisnolar ayrim toifadagi shaxslar, jumladan, diplomatik korpus xodimlari, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 65 yosh va undan katta bo‘lgan chet elliklar, amaldagi Qozog‘iston vizalari va yashash ruxsatnomalari egalari, shuningdek, xalqaro yuk mashinalari va avtobuslar haydovchilari uchun taqdim etiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter