Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: «Agar rahbarlar yana viloyat hokimi atrofida uyushmasa, viloyat ikkiga bo‘linadi»

Prezident: «Agar rahbarlar yana viloyat hokimi atrofida uyushmasa, viloyat ikkiga bo‘linadi»

Foto: «President.uz»

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakili ham qatnashmoqda. Uning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tayotgan sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqib, Toshkent viloyatidagi muammolar, ularni hal etish yo‘llari haqida gapirgan, mas’ullarga bu borada tegishli topshiriqlar bergan.

«Viloyatning 7 ta shahridagi muammolar bilan Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi shug‘ullanadi. Shaharlar ularga bo‘ysunadi. Agar shundayam o‘zgarish bo‘lmasa, viloyatni ikkiga bo‘laman. Viloyatdagi shaharlar Toshkent shahridagi rahbarlarga bo‘ysunadi. Sektor rahbarlari har kuni Bosh vazirga axborot beradi. Hamma ishning tagida xalqni rozi qilish turadi. Agar rahbarlar yana viloyat hokimi atrofida uyushmasa, viloyat ikkiga bo‘linadi», deb aytgan O‘zbekiston rahbari.

Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring