Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xulosa: «Raqamli texnologiyalar saylovning shaffofligini ta’minlashga xizmat qildi»

Xulosa: «Raqamli texnologiyalar saylovning shaffofligini ta’minlashga xizmat qildi»

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish natijalari  bo‘yicha dastlabki hisobotini taqdim etgan YeXHT\DIIHB  ana shu xulosani bildirdi.

Kuzatuvchilar MSK ning raqamli texnologiyalardan faol foydalangan holda,  saylovga tayyorlagrlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasidagi ishlarini ijobiy baholadi. Bugungi kunda MSK yig‘ilishlari real vaqt rejimida translyasiya qilingani, Komissiya qarorlari  ijtimoiy tarmoqlar va messendjerlarda e’lon qilingani, alohida qayd etiladi.

Masalan, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish  jarayonida  vakolatli davlat organlarining axborot bazalariga muvofiq saylovchi fuqarolar, ularning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari haqidagi axborotni o‘z ichiga olgan davlat axborot resursi - Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantirildi.

Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati Davlat personallashtirish markazining ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilindi, ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning ma’lumotlari har kuni yangilandi.

YeXHT\DIIHB Missiyasining qayd etganidek,  saylovda ishtirok etish uchun qariyb 21 million nafar saylovchi ro‘yxatga olindi. Saylovchilar ro‘yxati  keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘ldi. Ayni damda, 2019 yilda joriy etilgan Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati, hozirgi kunga kelib, ancha takomillashtirildi.

Shuningdek, "Saylov2021" mobil ilovasi orqali saylov jarayonining barcha yangiliklarini, xususan,  saylovchilar, saylov komissiyalari  a’zolari, kuzatuvchilar va nomzodlar  to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kuzatish imkoni yaratildi.

Shu bilan birga, saylov.uz sayti orqali fuqarolar o‘z saylov uchastkalarining geolakatsiyasini  bilish imkoniga ega bo‘lishdi. “Saylov uchastkasining interfaol xaritasi”  respublika bo‘yicha barcha saylov uchastkalarining geolokatsiyasini ko‘rish imkonini berdi.

Shu bilan birga, MSK ning Matbuot markazi huzurida Yagona Call-markazi ishga tushirildi. Unda  saylovchilarning barcha savollariga malakali mutaxassislar va tajribali ekspertlar o‘z vaqtida va batafsil javob berishdi.

Bundan tashqari, 207 ta saylov uchastkasida  kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Ovoz berish jarayoni Saylov2021.uz saylov portali, Matbuot markazidagi katta tonitorda, «O‘zbekiston 24» telekanali orqali  hamda MKS binosida  8:00 dan 20:00 gacha onlayn rejimida translyasiya qilindi.

207 ta shahar va tumanlarda jami 414 ta kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Bu 2019 yildagiga nisbatan, 147% ko‘pdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring