Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublikaning 21 tumani xavfli muammo qarshisida turibdi (infografika)

Respublikaning 21 tumani xavfli muammo qarshisida turibdi (infografika)

Foto: Xabar.uz

Respublikaning 21 tumanida yer osti suvlari sathi tubga tomon keskin qochgan. Gidrogeologlarning joylardagi ko‘plab kuzatuv quduqlarida kuzatuvlar boshlangan davrdan buyon suv sathining eng pastga tomon qochishi kuzatila boshlagan.

«Yer usti suvlarining qurishi, iqlim o‘zgarishi, qurg‘oqchilik, yog‘inli davrlarning nomutanosib davrlarda kuzatilishi, ularda maydalab yog‘ish o‘rniga jadallashib yog‘ish tamoilining ortishi, o‘tmishdan maydalab yog‘uvchi umidbaxsh yog‘inlardan namgarchil hosil qiladigan tuproqlarda quruqlashish, ularning degredatsiyaga uchrashi ba’zi joylarda yer osti qatlamlaridagi suv sathlarini ham keskin pasaytirib yubordi.

Undan tashqari, antropogen ta’sir aholining yer osti suvlaridan haddan tashqari ko‘p foydalanishi, yer ostidan tortib olingan suvlardan an’anaviy sug‘orishlarni davom etirishi ham tubdagi suvlarning kamayishiga olib kelmoqda», deya yozadi meteorolog Erkin Abdulahatov.

Gidrogeologiklar Nurota, Qo‘shrobod, Ko‘kdala, Zomin, Yangiobod, Koson, Chust, Chortoq, Kosonsoy va Yangiqo‘rg‘on kabi tumanlarda yer osti suv sathining 5 metrdan chuqur pasayib ketayotgani haqidagi hisobotni e’lon qildi.

Yana 11 tumanda yaqin yillarda yuqoridagi kabi «qizil» daraja xavfi kuzatilishi, yer osti suv sathi 5 metrdan pastga tomon chekinishi ma’lum qilindi.

Respublikaning 21 tumanidagi hududlarida yer osti suvlarni burg‘ilashda moratoriy joriy etilmoqda. 10 ta qizil xavfga ega mavjud tumanlarda mavjud yer osti suvlaridan foydalanishda suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish qat’iy belgilab qo‘yilishi ko‘zda tutilmoqda.

P/S: Yer usti suvlaridagi vaziyatning abgorligi, joylarda tirikchilikni davom ettirish, joyni tashlab ketmaslik uchun yer osti suvlaridan foydalanish bu yagona yechim sifatida qaralayotgan bir vaziyatda holatni infografikadan ham ko‘rib turibsiz, tabiat suvdan foydalanishda uni iqtisod qilib ishlatish kerakligi kun tartibida ekanligini yana bir bor eslatib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring