Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya va Xitoy rahbarini nima bog‘lab turadi? Putin Xitoyga o‘zi bilan deyarli barcha yuqori lavozimli amaldorlarni olib bordi

Rossiya va Xitoy rahbarini nima bog‘lab turadi? Putin Xitoyga o‘zi bilan deyarli barcha yuqori lavozimli amaldorlarni olib bordi

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Xitoyga tashrif buyurdi va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.

Xorijiy nashrlarga ko‘ra, yirik delegatsiya Kremlning Xitoy bilan aloqalarini mustahkamlash uchun borgan. Rossiya iqtisodiyoti va harbiy salohiyati G‘arbning sanksiyalari sabab kundan-kunga ko‘proq Xitoyga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Putin va Si Szinpin tor, keng va yakkama-yakka formatda muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan, dedi uning yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiya agentliklariga.

Putin va Si o‘rtasida qator umumiyliklar bor: ikkalasi ham hokimiyatning avtoritar vertikalini qurgan, ikkalasi ham muxolifatchilarga qattiq bosim o‘tkazgan, ikkalasi ham umrbod boshqaruvni da’vo qilmoqda va ular o‘zlarini hududlarni ishg‘ol qiluvchilar deb bilishadi, — yozadi BBC.

Putin 71 yoshda, Si Szinpin roppa-rosa bir oydan keyin 71 yoshga to‘ladi.

Rossiya va Xitoy rahbarlarini birlashtirgan asosiy narsa bu — G‘arbni yoqtirmaslikdir. Ammo biroz farqlar bor. Putin uni mutlaq yovuz deb hisoblaydi. Vaholanki, Xitoy rahbari Qo‘shma Shtatlar va Yevropaga teng huquqli va boy sheriklar sifatida qaraydi, ularni yo‘qotishni istamaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring