Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada deputat o‘ldirildi. Uning uyidan ichida yarim million rubl bo‘lgan seyf o‘g‘irlangan

Rossiyada deputat o‘ldirildi. Uning uyidan ichida yarim million rubl bo‘lgan seyf o‘g‘irlangan

Aleksandr Petrov

Rossiyalik tadbirkor va deputat Aleksandr Petrovga suiqasd qilishdan sal oldin uning uyidan seyf o‘g‘irlangan. Bu haqda 47news portali xabar bermoqda.

Huquqni muhofaza qilish idoralaridagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, hodisa 17-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Seyfda yarim million rubl va soat bo‘lgan. Qayd etilishicha, uyda boshqa qimmatbaho buyumlar ham bo‘lgan, ammo ularga teginilmagan. Shuningdek, xonadonda tintuv va tartibsizlik izlari bo‘lmagan.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘rilar seyfda saqlanishi mumkin bo‘lgan ba’zi hujjatlarni nishonga olishgan.

61 yoshli Aleksandr Petrov o‘z uyida otib o‘ldirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring