Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada hibsga olingani aytilgan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berildi

Rossiyada hibsga olingani aytilgan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada mehnat migrantlari va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida yuz bergan holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Agentlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Rossiyaning Voronej shahrida huquq-tartibot organlari tomonidan reyd o‘tkazilib, unda O‘zbekiston fuqarolari hibsga olingani haqidagi xabarni qisman taqsdiqlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, xabarlarda aks etgan holat joriy yilning 7-iyun kuni Voronej shahridagi «Razvitiye» qurilish hududida yuz bergan.

Reyd tadbiri o‘tkazilgan ushbu qurilish hududida 45 nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lib, ularning 12 nafari norasmiy ishlagan.

«Norasmiy ishlaganlarning 11 nafariga nisbatan patent muddati o‘tib ketgani sababli jarima shaklida ma’muriy javobgarlik qo‘llanilib, shu kunning o‘zida vaqtincha yashash joyiga ruxsat berilgan va yana 1 nafari esa hech qanday hujjatlarsiz ishlagani sababli hozirda mamlakat hududidan deportatsiya qilinmoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.

O‘z navbatida, Agentlik Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolardan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qilish hamda migratsiya qonunchiligini buzmasligini so‘ramoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring