Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan mikroavtobus halokatga uchradi. Qurbonlar bor

Rossiyada ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan mikroavtobus halokatga uchradi. Qurbonlar bor

1-sentyabr, yakshanba kuni soat 11:00 atrofida Rossiyaning Nijegorodsk viloyatida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus halokatga uchrashi oqibatida odam o‘limi bilan bog‘liq hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat politsiyasi Telegram’dagi kanalida xabar berdi.

1992-yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi boshqaruvida bo‘lgan Hundai Grand Starex mikroavtobusi Moskva tomon harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va natijada to‘siqqa urilib ag‘darilib ketgan.

Oqibatda uning ichida bo‘lgan 11 nafar o‘zbekistonlikning 8 nafari halok bo‘lgan. Haydovchi va yana 3 kishi tan jarohatlari olgan. Xabarda haydovchi va yo‘lovchilarning shaxsi ochiqlanmagan. Yana uch nafar yo‘lovchi tibbiy muassasaga yetkazildi.

Mazkur hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 264-moddasi 5-qismi (Ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring