Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada migrantlar orasida go‘zallik tanlovi o‘tkazildi

Rossiyada migrantlar orasida go‘zallik tanlovi o‘tkazildi

Foto: «Vesti»

Rossiyada migrantlar orasida o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida o‘zbekistonlik Rushana Karimova g‘alaba qozondi.

U bosh mukofot — Moskva moliya-yuridik universitetetida o‘qish uchun sertifikatni qo‘lga kiritdi.

«Sputnik Uzbekistan» yozishicha, Rushana Karimova tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Ingliz tilini o‘rganayotgani bois tanlovda xorij tilida ham so‘zlagan. Uning ijrosidagi lazgi raqsiga hakamlar yuqori baho berishgan.

Tadbirni Rossiyadagi migrantlar federatsiyasi tashkillashtirgan. Finalda Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Rossiyadan 10 nafar qiz qatnashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring