Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sayyor qabullarda 29 nafar shaxs ozodlikka chiqarildi

Sayyor qabullarda 29 nafar shaxs ozodlikka chiqarildi

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Joriy yilning 4-6-mart kunlari Namangan viloyatining Chust, Yangiqo‘rg‘on tumanlari va Namangan shahar Xalq qabulxonalarida Oliy sud raisining o‘rinbosari X.Yodgorov va Oliy sud sudyalari,  Bosh prokuratura xodimlari bilan birgalikda aholining jinoiy, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlarga oid murojaatlari yuzasidan sayyor qabullar o‘tkazildi.

Oliy sud matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, sayyor qabullar davomida 102 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Shundan 12 nafar fuqaroning nazorat tartibida arizasi qabul qilindi, 18 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi va 72 nafar fuqaroga  tegishliligi bo‘yicha murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

O‘tkazilgan sayyor qabullarda mahalla raislari, notinch oilalar va jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan, hozirda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni o‘tayotgan, muqaddam sudlangan shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazildi, natijada 2 ta oila yarashtirildi.

Oliy sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 2 ta uy-joy nizosi va otalikka e’tiroz bildirish haqidagi  fuqarolik ishlari ko‘rilib, yakuniy qaror qabul qilindi.

E’tiborlisi, sayyor qabullar davomida jami 29 nafar shaxslar ozod qilindi. Shulardan 13 nafari sud zalining o‘zida qamoqdan ozod etilgan, bo‘lsa,  16 nafar shaxsga nisbatan jazo yengili bilan almashtirilishi natijasida ochiqqa chiqdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring