Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish muhimligini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish muhimligini ta’kidladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash va xavfsizligini oshirish, ekologik osoyishtalikni ta’minlash, chiqindilarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha 10-avgust kuni yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tgan tadbir boshida davlatimiz rahbari koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, barcha hududlarda davolash o‘rinlari va tibbiy uskunalar soni bir necha barobar ko‘paytirilgani, tez tibbiy yordam va davolash sifati yaxshilangani natijasida oxirgi bir haftada mamlakatimiz bo‘yicha koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi oshgani qayd etildi. Fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i himoyasini yanada kuchaytirgan holda, pandemiya sharoitida yashash va ishlashda davom etish, karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish muhimligi ta’kidlandi, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda 15 avgustga qadar karantin cheklovlari e’lon qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring