Shavkat Mirziyoyev: «Odamlar «svet» o‘chishi nimaligini bilmasin!»
Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakili ham qatnashmoqda. Uning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tayotgan sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr ta’minotidagi uzilishlarni tanqid qilgan.
«Odamlar Toshkent viloyatida «svet» o‘chishi nimaligini bilmasin! 80 ta transformator jadallik bilan ta’mirlanadi», — deya ta’kidlagan O‘zbekiston rahbari.
Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter