Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Tadbirkorlarni eksportga o‘rgatish, buning uchun biznes-inkubatorlar tashkil etish, eksport muhitini yaratish zarur»

Shavkat Mirziyoyev: «Tadbirkorlarni eksportga o‘rgatish, buning uchun biznes-inkubatorlar tashkil etish, eksport muhitini yaratish zarur»

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrida Birinchi Prezident Islom Karimovning haykali ochilishi munosabati bilan va joylarda olib borilayotgan islohotlarni ko‘zdan kechirish uchun Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.

Prezidentimiz Yakkabog‘ tumanidagi «Darmon farm» xususiy korxonasiga qarashli «Darmon sharbati» meva-sabzavotni qayta ishlash va qadoqlash korxonasi ish jarayoni bilan tanishdi. 

Davlatimiz rahbari  viloyatda bu kabi korxonalarni ko‘proq tashkil etish, tadbirkorlarga eksportni o‘rgatish lozimligini ta’kidladi.

«Tadbirkorlarni eksportga o‘rgatish, buning uchun biznes-inkubatorlar tashkil etish, eksport muhitini yaratish zarur», dedi Prezident.

Shu yerning o‘zida Qashqadaryo viloyatida 2018-2019-yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash hamda eksport hajmini oshirish loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

«Darmon sharbati» meva-sabzavotni qayta ishlash va qadoqlash korxonasi tomonidan meva-sabzavotni qayta ishlash va bolalar taomlari ishlab chiqarish, «Sharofat opa Qahramon qizi» agrofirmasi tomonidan muzlatkich omborxonasi qurish loyihalari ham taqdim etildi.

Prezidentimiz eksportni rivojlantirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring