Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shuhrat Abdurahmonov quruvchilarni nogironlar aravachasiga o‘tqizganidan keyin «Yangi Andijon» direksiyasi rahbariga chora ko‘rildi

Shuhrat Abdurahmonov quruvchilarni nogironlar aravachasiga o‘tqizganidan keyin «Yangi Andijon» direksiyasi rahbariga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov «Yangi Andijon» massivida olib borilayoigan qurilish ishlarni ko‘zdan kechirish vaqtida bir qator kamchiliklar aniqlangani aks etgan video tarqalgan edi.

Unda qurilish binolarida nogironligi bo‘lgan odamlar uchun mo‘ljallangan pandus va piyodalar yo‘laklarining belgilangan normalarga to‘g‘ri kelmasligi holati aks etgan.

Holat yuzasidan Qurilish vazirligi axborot xizmati videolavhada aks etgan kamchiliklar o‘rganilayotgani va mavjud masalalarni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

«Yangi Andijon» direksiyasi rahbari A.Omonovga nisbatan xayfsan berildi. Haqiqatdan ham massiv qurilishida pudratchi tomonidan loyihadan chetga chiqish holati aniqlangan. Bu bo‘yicha hozirda Qurilishda hududiy nazorat inspeksiyasi va boshqa mas’ullar bilan birgalikda nazoratni yanada kuchaytirishga kirishildi», — deyiladi vazirlik axborotida.

Nima uchundir, vazirlik axborot xizmati nega aynan videolavha tarqalgandan keyin o‘rganishlar olib borilayotgani va bunga qadar qurilish inspeksiyasi loyihani nima uchun ko‘zdan kechirmaganiga oydinlik kiritmagan.

Qo‘shimcha qilinishicha, o‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar jamoatchilikka e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring