«So‘kong‘ich»ligi bilan tanilgan hokim ham bo‘shatildi
Qashqadaryoda «to‘rtlik», jumladan viloyatni olti yildan buyon boshqarib kelayotgan hokim Zafar Ro‘ziyev ishdan olindi.
Uning o‘rniga Mirzayev Zoyir Toirovich – Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida, shuningdek, Qarshi shahri, Chiroqchi va Mirishkor tumanlari hokimlari mas’uliyatsizligi sabab, shuningdek, Kitob tuman hokimi sog‘ligi yomonlashganligi sabab o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mirishkor tuman hokimi Ravshan Komilov ular orasida «so‘kong‘ich»ligi bilan tanilgan va bu «ishlari» prokuratura tomonidan o‘rganilayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter