Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATUda «IT MARAFON-2021»ga start berildi

TATUda «IT MARAFON-2021»ga start berildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashabbusi bilan yurtimizdagi maktab o‘quvchilari, talabalar va dasturlashga qiziquvchi barcha yoshlar uchun «IT MARAFON – 2021» tanlovi boshlandi.

Dasturlash bo‘yicha IT MARAFONda dasturchilar ommabop dasturlash tillaridan foydalangan holda murakkab algoritmli masalalarni ishlashi kerak bo‘ladi.

Ushbu marafon uch bosqichdan bo‘lib o‘tadi.

Birinchi bosqichda 45 kunlik dasturlash bo‘yicha bilimlarni oshirish jarayoni amalga oshiriladi. Bunda TATU professor-o‘qituvchilari tomonidan barcha ishtirokchilarga tanlovga qo‘yiladigan masalalarni yechish bo‘yicha kerakli tushuncha va yo‘riqnomalar beriladi. 45 kunlik marafonning intensiv darslari bepul onlayn tarzda olib boriladi. Marafon natijalari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan ishtirokchilar ikkinchi va uchinchi bosqichlarga yo‘llanma oladilar.

Ikkinchi bosqich faqat TATU yoki uning filiallari birinchi bosqich talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Unda TATU talabalarining ishtiroki ta’minlanadi hamda taqdirlashi bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi bosqich 2021-yilning yanvar oyi oxirida TATU va uning filiallarida tashkil etiladi.

Uchinchi bosqich boshqa ishtirokchilardan tuzilgan jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichda mamlakatimizning barcha yoshlari jamoa (3 kishilik) ko‘rinishida qatnashishlari mumkin. Uchinchi bosqich 2021-yilning may oyi oxirida Respublika miqyosida o‘tkaziladi.

Dasturlash marafonida 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. «IT MARAFON-2021» dasturlash musobaqasining mukofot jamg‘armasi 60 million so‘mni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun: robocontest.uz saytida dasturlash bo‘yicha o‘zbek tilida kurslar mavjud.

Marafaonda qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak: robocontest.uz/register

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring