Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida uylarni suv bosdi — FVV bayonoti

Toshkent viloyatida uylarni suv bosdi — FVV bayonoti

Foto: FVV matbuot xizmati.

Kecha, 14-may kuni taxminan soat 18:20 larda Toshkent viloyati hududi bo‘ylab qisqa muddatda kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida viloyatning Yuqorichirchiq tumani «Navbahor» MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Yayilmasoy» soyi o‘zanida yomg‘ir suvlari toshishi sodir bo‘lgan.

Natijada «Obod turmush» ko‘chasida joylashgan taxminan 25 ta aholi xonadonlari, tomorqa yer maydonlariga suv kirishi kuzatilgan, deya xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Sodir bo‘lgan hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlariga viloyat FVB hamda uning hududiy bo‘limi, Yuqorichirchiq tumani Favqulodda vaziyatlarda Davlat tizimiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning kuch vositalari jalb etilib, aholi xonadonlarida suv tortish ishlari olib borildi. Hozirda toshqin suvlari talofatlari bartaraf etilgan.

Yuzaga kelgan hodisa natijasida «Navbahor» mahallasi «Obod turmush» ko‘chasi hududidagi poydevorga ega bo‘lmagan xom g‘ishtdan qurilgan xonadon binosiga zarar yetgan.

Mazkur xolat oqibatida fuqarolarning tan jaroxati olishi va uy xayvonlari nobud bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring