Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda koronavirus qurbonlari xotirasiga xiyobon ochilmoqda

Toshkentda koronavirus qurbonlari xotirasiga xiyobon ochilmoqda

Toshkentda pandemiya bilan kurash davomida jonini fido qilgan tibbiyot xodimlari xotirasiga bag‘ishlangan aksiya boshlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lumot berdi. 

11-dekabr kuni soat 10.00 da G‘alaba bog‘iga kirish oldidagi maydonchada Xotira xiyobonini tashkil qilish ishlariga start beriladi.

Birinchi bosqichda 61 ta daraxt ekiladi: chinorlar, qayrag‘och va akatsiyalar.

Aksiya tashkilotchilari — O‘zbekiston Landshaft san’ati uyushmasi Olmazor tuman hokimligi bilan birgalikda. Xususiy kompaniya va shaxslarning homiyligi ham ishlar yanada rivojlanishinishiga yordam beradi. Shu bois ushbu tashabbusga befarq bo‘lmagan toshkentliklar daraxtlarni ekishda ishtirok etish va loyihaga homiylik yordamini ko‘rsatishga taklif qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring