Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda oqqushni so‘yib yegan erkak jarimaga tortildi

Toshkentda oqqushni so‘yib yegan erkak jarimaga tortildi

Skrinshot.

Toshkentda Central Park'dan uchib chiqqan oqqushni so‘yib yegan erkak jarimaga tortildi. Bu haqda «Mehr va oqibat» xabar berdi. 

Qushni erkakning uyida 13 yashar o‘g‘il so‘ygan. Ularning ta’kidlashicha, oqqushni oq g‘oz deb o‘ylashgan. 

«Mehr va oqibat» vakillari, bog‘ xodimlari va Mirzo Ulug‘bek tumani profilaktika inspektori 6 avgust kuni erkak va uning 13 yoshli o‘g‘li bilan uchrashgan.

Erkakning so‘zlariga ko‘ra, ular oqqushni oq g‘oz deb o‘ylashib, uni ovqatlantirmoqchi bo‘lishgan, lekin u ovqatdan bosh tortgan.

Aybdor yakunda 1,8 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring